Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida sel, suv toshqini, ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko‘chishi va yer ko‘chkisi hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar muhokama qilindi. Jarayonda mutasaddilarga aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi hamda ustuvor vazifalar belgilab olindi.