Bahor-yoz fasllarida gidrometeorologik va geologik xavfli jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hokimliklar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Chiroqchi tumanida sel suv yo‘llarida muhandislik-muhofaza tadbirlarini olib bordi. Jarayonda tumanning “Bolsuvar” MFY hududidan oqib o‘tuvchi sel yo‘lida qariyb 500 metrdan ortiq masofada kengaytirish, o‘zan tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.