FVV xodimi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahrida shu kunlarda “Ashixara karate fulkantak” sport turi bo'yicha “Yevro Osiyo” ochiq chempionati o‘tkazildi. Chempionatda 10 dan ortiq davlatlardan nomdor sport ustalari ishtirok etdi. Mazkur musobaqada Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi xizmatchi Ro'zimurod Umbarov kattalar o'rtasida 70 kg vazn toifasida faxrli 1-o'rinni egallab, Osiyo chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

O‘z o‘rnida, hamkasbimiz Ro'zimurod Umbarovni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.