Hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib qolindi

2024-yilning 13-may kuni soat 16:58 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2 yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. 

Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang.