Sirdaryo viloyati FVB rahbariyati tomonidan tashkil etilgan navbatdagi o‘quv-seminarida bir qator idora va tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi. Unda cho‘kish bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilib, suvda cho‘kayotgan odamlarni qutqarishda to‘g‘ri harakatlanish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, cho‘milish mumkin bo‘lmagan joylarga "Cho‘milish ta’qiqlanadi" mazmunidagi namunali eslatma va ogohlantirish materiallari joylashtirib chiqildi.