Suvdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-may kuni Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan Karmana tumani "Shibzon" MFY hududidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabida "Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suvdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish" mavzusida FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda ko‘rgazmali o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

Seminar davomida aholini ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milishining oldini olish, qolaversa, buning salbiy oqibatlari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda birinchi yordam ko‘rsatish tartibi toʻgʻrisida nazariy bilimlar berildi. Shuningdek, seminar soʻngida maxsus texnika asbob-anjomlar koʻrgazmasi namoyishi ham boʻlib oʻtdi.