Sana munosabati bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Jizzax shahrida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiy oilasi” ko‘rik-tanlovi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan “Zomin milliy tabiat bog’i”ga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida mehmonlar tabiat go’zalliklari, o’ziga xos tog’ havosidan bahra olish bilan birgalikda Suffa platosida joyllashgan osma dor yo’li va 150 metr balandlikdagi osma ko’prikda harakatlanib, maroqli hordiq chiqardilar.