Qarorning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarorining mazmun-mohiyatini daxldor tashkilot mas’ullariga tushuntirish hamda ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida seminarlar bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vakillari hamda biriktirilgan ishchi guruh tarkibi xodimlari ishtirok etib, seminar mavzusi muhokama etildi va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi.