Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliy seminar o‘tkazildi

 Bugun, 15-may kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlarining samaradorligini tashkil etish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, viloyat FVDqT xizmatlari vakillari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida yoz mavsumiga xos bo‘lgan vaziyatlar, g‘alla hosilini nest nobud qilmasdan yig‘ib olishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, suvda cho‘milish qoidalariga rioya qilish, mavsumiy kasalliklarning oldini olish, bolalar yozgi dam olish oromgohlarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar berilib, seminar davomida yong‘in-qutqaruv, qurol-aslaha hamda tibbiy anjomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.