Sirdaryo viloyatida FVV mas’ullari boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar FV boshqarmalarining FVDT va FM tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshliqlari ishtirokida 3 kunlik o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. O‘quv yig‘ini doirasida “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etishda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tuman FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda talofat oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish va yordam berish kabi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar amalda bajarildi.