Maktab o‘qituvchilari bilan profilaktik tadbirlar tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi va Toshkent viloyati Qibray tumanidagi umumta’lim maktab o‘quvchi yoshlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ular sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi.

 

Suhbat davomida tinglovchilar favqulodda vaziyatlar xususiyatlariga tasniflanishi, ularning kelib chiqish sabablari, shuningdek, sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.