Davlatobod tumanida joylashgan “Afsonalar vodiysi” bog‘idagi yangi qurulayotgan binoda hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yil 15-may kuni Namangan viloyati hokimining tashabbusi bilan Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va boshqa mutasaddi davlat organlari xodimlarining maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish, alohida sharoitlarda birgalikda harakat qilishga doir amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xodimlarning maxsus tayyorgarlik darajasi oshirilib, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantirildi.