Vazir oʻrinbosari polkovnik X.Alibayev boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyati FVB shaxsiy tarkibining ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oʻrganish ishlari yakunlandi.

Joriy yilning 14-15 may kunlari Sirdaryo viloyati FVBning barcha tuman va shahar boʻlimlaridagi shaxsiy tarkib bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Oʻrganishlar davomida, ma'naviy- ma'rifiy ishlar, ijtimoy himoya, moddiy va tibbiy ta'minot holatiga, shuningdek, ofitserlarning bilim salohiyati baholandi.

Oʻrganish ishlari Jizzax viloyati FVBda davom etadi.