“Moziyga sayohat”

Samarqand shahrida Andijon, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi terma jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar – 2024” ko‘rik-tanlovi doirasida qadimiy shaharda joylashgan tarixiy obidalar va ziyoratgohlarga sayohat tashkil etildi.

Yosh harbiy xizmatchilar "Amir Temur" maqbarasi, "Hazrati Hizr" masjidi hamda Registon maydonida joylashgan "Ulug‘bek", "Tillakori" va "Sherdor" madrasalariga amalga oshirilgan ziyorat natijasida, ma'naviy dunyo qarashini yanada boyitdilar hamda tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.