O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga respublika Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi. Bu kabi tadbirlar vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilmoqda.