Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Chirchiq daryosining o‘zanini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha nazorat tadbirlarini amalga oshirdi

Toshkent viloyatining  Quyichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida vazir o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev, viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor T.Aripov hamda viloyat va tuman FVDTga kiruvchi korxona, tashkilot rahbar xodimlari ishtirokida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, sel, suv toshqini hodisalari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

 

O‘rganish davomida toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta'minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar muhokama qilindi. Jarayonda mutasaddilarga aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi hamda ustuvor vazifalar belgilab olindi.