Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida ham tavsiyanomalar o'z egalariga topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ham aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va sodir bo‘lganda zudlik bilan bartaraf etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga respublika Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. Bu kabi tadbirlar vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilmoqda.