Bugun, 17-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida yoshlar ishtirokida o‘quv kursi tashkil etilib, boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tgan tinglovchilarning navbatdagi tantanali bitiruv tadbiri o‘tkazildi.
Tantanali tadbirda FVV vakillari, istefodagi faxriylar, markaz shaxsiy tarkibi va bitiruvchi tinglovchilarining ota-onalari ishtirok etdi. O‘quv kursiga qatnashgan 190 nafar tinglovchilarga "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi targ'ibotchisi" sertifikatlari tantanali tarzda topshirildi.