FVV Akademiyasi harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi qizlar bilan “Mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatayotganligini, mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab quvvatlash ularga yaratib berilayotgan ulkan shart-sharoitlar, shuningdek, imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish hozirgi kunning eng muhim talablaridan biri ekanligi xususida keng fikr-mulohazalar bildirildi.