Namanganda “Quvnoqlar va zukkolar-2024” ko‘rik-tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimdagi yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Namangan shahrida “Quvnoqlar va zukkolar-2024” ko‘rik-tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Toshkent viloyatlari boshqarmalarida xizmat qilib kelayotgan yoshlar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ko‘tarinki ruxda boʻlib oʻtgan tanlovda:

🔹1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasining "Qoraqalpoq yoshlari" jamoasi;

🔹2-o‘rinni Navoiy viloyatining "O‘zimiznikilar" jamoasi;

🔹3-o‘rinni Toshkent viloyatining ''Najotkor'' jamoasi egalladi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.