“Shaharsozlik va qurilish soxasida yong‘inlar profilaktikasi” mavzusida seminar o‘tkazildi

 Toshkent viloyai FVB hamda viloyat Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamkorligida, sohaviy mutasaddi tashkilotlar ishtirokida “Shaharsozlik va qurilish soxasida yong‘inlar profilaktikasi” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad shaharsozlik sohasida faoliyat olib borayotgan mutahassislarni yong‘in xavfsizligi sohasida kasb mahorati, bilim saviyalarini oshirish va bu yo‘nalishdagi ishlarni yaxshilash borasida kerakli chora-tadbirlarni belgilab amalga oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi har bir tashkilot loyiha hujjatlarida va yangi qurilishlarni nazorat qilishda yuzaga kelayotgan muammolarni yechimini topishdan iborat bo‘ldi.

Seminarga tashrif buyurgan har bir ishtirokchi soha  mutahassislari tomonidan berilgan ma’lumotlarni, nazariy va amaliy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirib, amaliyotda duch kelayotgan muammolar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.