Kasbi, Mirishkor va Yangiariq tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Mirishkor tumanlari va Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida joriy yil 15-17-may kunlari “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi bo‘g‘inining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.  

Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklari, korxona ishchilarining bunday vaziyatlarda harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.