Konimex tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Navoiy Harbiy prokuraturasi hamkorlikda Konimex tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. 

Sayyor qabulda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilarlar hamda ularning oila a’zolarini, shuningdek, nafaqadagi faxriylarning murojaatlarini tingladi. Murojaatchilarning muammolarini joyida ijobiy hal etish masalalari ko‘rib chiqildi va huquqiy tushuntirish berildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.