“Olmazor City”da o‘quv amaliy taktik mashqi o‘tkaziladi

Bugun, 18-may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “Olmazor City”dagi baland qavatli qurilgan binolarda yong‘in-qutqaruv amaliy taktik o‘quv mashqi o‘tkaziladi.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.