FVV xodimlari g‘oliblar qatorida

Farg’ona shahrida O'zbekiston universal jang federatsiyasining universal jang bo'yicha bаrсhа yosh toifalari o'rtasida “Osiyo chempionati” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada 7 yosh va undan kattalar o‘rtasida MDX davlatlaridan jami 30 ta jamoadan 750 dan ortiq sportchilar 2 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 ta vazn toifasida o‘zaro bellashdilar. 

 Musobaqada hozirga qadar FVV terma jamoasi bitta yo‘nalish bo‘yicha 5 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza jami 11 ta medallarni qo‘lga kiritildi.

 Jumladan, Qashqadaryo viloyati FVBdan qutqaruvchi Q.Saidov, qutqaruvchi Sh.Axmedov; Samarqand viloyati FVBdan qutqaruvchi M.Shamsiddinov;

Surhandaryo viloyati FVB dan qutqaruvchi J.Yuldashev, qutqaruvchi A.Choriyevlar faxirli birinchi o’rinni qo’lga kiritib oltin medal bilan taqdirlangan bo’lsa,

Qashqadaryo viloyati FVBdan qutqaruvchi F.Shuxratov hamda jamoa a’zosi D.Boymirzayevlar ikkinchi o’rinni qo’lga kiritib kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati FVBdan 3 nafar xodimlarimiz qutqaruvchi B.Ziyodullayev, oddiy askar Sh.Ablakulov, qutqaruvchi A.Gulmurodov hamda Buxoro viloyati FVBdan oddiy askar M.Amonovlar fahirli uchinchi o’rinni qo’lga kiritib “Osiyo chempionati”ning bronza medali bilan taqdirlandi.

“Osiyo chempionati” davom etmoqda.