FVV xodimlari suv krani uchun oʻrnatilgan kichik oʻraga tushib ketgan 5 yoshli bolani qutqarib qoldi

Kuni kecha, Toshkent viloyati Toshkent tumani “M.Fozilov” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 5 yoshli nabirasi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi suv krani uchun oʻrnatilgan kichik oʻraga tushib ketib, tizza boʻgʻimlari bukilgan xolda siqilib qolganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 

Dastlab uy egalarining o‘zlari bolani o‘radan chiqarib olishga harakat qilishgan, ammo barcha ishlar samarasiz bo‘lgan. Shundan so‘ng zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida o‘radan bolani hech qanday talofatlarsiz, sog‘-salomat chiqarib olib, yaqinlariga topshirgan. Bolaning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli tibbiyot xodimlariga murojaat qilinmagan. 

Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang.