''Rahbar va yoshlar'' uchrashuvi

Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy vatanparvarlik o‘quv yig‘ini doirasida ''Rahbar va yoshlar'' uchrashuvi bo'lib o'tdi.  Unda FVV mas’ul xodimi, viloyat FVB hamda FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi va o'quv yig'iniga jalb etilgan yoshlar ishtirok etdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlar ozlarini qiziqtirgan harbiy sohaga doir bir qator savol va murojaatlar yolladi hamda atroflicha javoblar olishdi. Tadbir songida oquv yiginidagi munosib ishtirok uchun  barcha yoshlarga sertifikatlar topshirildi.