"Chirchiq" daryosining oʻzanini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishchi guruhi rahbarligida Toshkent viloyati FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar ishtirokida Quyichirchiq tumani "Abay" MFY hududidan oqib oʻtuvchi "Chirchiq" daryosining aholi xonadonlariga xavf solib turgan qismida sel oqimlari va toshqin suvlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish maqsadida, oʻzanini tozalash va qirgʻoqlarini shpora qilish yoʻli bilan mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Eslatib oʻtamiz, kuni kecha ushbu hududlarda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev mutasaddilar ishtirokida oʻrganish ishlarini olib borib, tegishli koʻrsatmalar bergan edi.

Ushbu aholini va hududlarni muhofaza qilish tadbirlarga 2 ta ekskovator, 2 ta buldozer, 2 ta yuklagich (pogruzchek) 30 dan oshiq yuk tashish texnikalari hamda 100 dan oshiq shaxsiy tarkib jalb etilgan.