“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK Obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi xodimlari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida harbiy xizmatchilar va xizmatchilar bilan davra suhbati o'tkazildi.
Uchrashuv davomida ma’ruzachilar tomonidan barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-ahloq va kasb etika qoidalariga rioya qilishi lozimligi ta’kidlab o‘tilib, korrupsiyaga qarshi kurash tizimi va korrupsiyaga qarshi qonunchilikning talablari xaqida tushuntirishlar berildi.