Kuni kecha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida Turkiston san’at saroyida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va uning barcha muassasalari rahbarlari ishtirokida Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida favqudodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, o‘quvchilarni yoz mavsumida belgilanmagan joylarda cho‘milishini oldini olish yo‘nalishlarida seminar tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilarga yozgi ta’til oldidan taqiqlangan joylarda cho‘milishlarini oldini olish bo‘yicha kerakli tushunchalarni berish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.