Surxondaryoda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tizimdagi harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, farzandlari hamda nafaqagadagi faxriylar ishtirokida "Uch avlod" uchrashuvi tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir doirasida tizimda xizmat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga respublika Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar ham tantanali ravishda topshirildi.