Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarorining mazmun-mohiyatini daxldor tashkilot mas’ullariga tushuntirish hamda ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.