Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.Zuparov qo‘shma yig‘ilishda ishtirok etdi 

Bugun, 21-may kuni Ichki ishlar vazirligida “Yangi O‘zbekistonning bahtiyor bolalari” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “25-may – so‘ngi qo‘ng‘iroq” va “1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami tadbirlari mobaynida jamoat tartibini saqlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shma tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov, Ichki ishlar vaziri o‘ribosari, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, mas'ul rahbarlar va sohaviy yo‘nalish bo‘yicha hududiy boshqarmalar videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi. 

Tezkor yig‘ilish davomida bayram tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha barcha vazifalar muhokama qilinib, zarur choralar belgilab olindi.