Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov tungi vaqtda Olmazor tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi

Aholiga benuqson xizmat koʻrsatilishi va xavfsizlik choralarini toʻliq ta’minlanishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lganda zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov Toshkent shahrining Olmazor tumanida tungi vaqtda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Xususan, Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 2-yongʻin-qutqaruv qismi faoliyati oʻrganilib, shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, biriktirilgan maxsus texnikalarning shayligi va texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasidagi yangitdan barpo etilayotgan Toshkent ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qurilish jarayoni, quruvchilarning yotoq joylari va u yerda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lganda zudlik bilan bartaraf etish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tunu kun navbatchiligi tashkil etilgan yong‘in-qutqaruv ekipajining jangovor shayligi o‘rganildi.   

O‘rganish jarayonida, aniqlangan kamchiliklar soha masʼullari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, zarur ko‘rsatmalar berildi.