Yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda

Qashqadaryo viloyati FVB boshligʻi tashabbusi bilan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kasbga yoʻnaltirish maqsadida Koson tumani Navroʻz mahallasi yoshlari, 2-sonli Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari hamda tumanning 2-sektor yoshlari bilan "Mehnat yarmarkasi" va kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan "Ochiq eshiklar" kuni tadbirlari oʻtkazildi.