Avval xabar berganimizdek, Farg’ona shahrida O'zbekiston universal jang federatsiyasining universal jang bo'yicha barsha yosh toifalari o'rtasida “Osiyo chempionati” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada 7 yosh va undan kattalar o‘rtasida MDX davlatlaridan jami 30 ta jamoadan 750 dan ortiq sportchilar 2 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 ta vazn toifasida o‘zaro bellashdilar.
Ushbu musobaqada Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari faxrli o‘rinlarni egalladi. Xususan, 55 kg vazn toifasida ishtirok etgan oddiy askar Obidjonov Azamat Dilmurod og‘li faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, podpolkovnik Qurbonov Azamat Shog‘iyos o‘g‘li 95+ vazn toifasida ishtirok etib 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, Obidjonov Azamat Dilmurod og‘li 2001-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan
Universal jang bo‘yicha 8 karra O‘zbekiston chempioni
Universal jang bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempioni
Universal jang bo‘yicha 2024-yilgi Osiyo chempioni
Ushu-sanda bo‘yicha 8 karra O‘zbekiston va 1 karra Osiyo chempioni
Kikboks bo‘yicha xalqaro turnir kamari sohibi
Xalqaro toifadagi sport ustasi
Qurbonov Azamat Shog‘iyos o‘g‘li 1983-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan
Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida 5 karra Toshkent shahar, 2 kara Respublika, 1 marta Xalqaro musoboqalar chempioni.
Qo‘l jangi bo ‘yicha 5 kara Respublika, 2 karra xalqaro turnir g‘olibi.