Bugun, 22-may kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Karmana tumani "Xonchorbogʻ" MFYda otaliqqa olingan yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida yoshlarning bir qator murojaatlari eshitilib, joyida ijobiy hal etish masalalari ko‘rib chiqildi va huquqiy tushuntirish berildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.