Namangan viloyati FVB tomonidan “Aholini suvda choʻkishi bilan bogʻliq noxush holatlarning oldini olish, choʻmilish havzalarida xavfsizlikni hamda kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash” mavzusida oʻquv-amaliy seminar hamda matbuot anjumani oʻtkazildi.
Unda mahalliy hokimiyat, daxldor tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Seminarning amaliy qismida cho‘kayotgan fuqarolarni qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish tadbirlari amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.