Sirdaryo viloyatida Navbatchi dispetcherlik xizmati boshliqlari bilan malaka oshirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazilmoqda

Sirdaryo viloyati FVBda Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish Milliy markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Navbatchi dispetcherlik xizmati boshliqlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.

Unda xorijiy tajribalar asosida favqulodda vaziyatlar xavfini keltirib chiqaruvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha statistik ma’lumotlarga asoslangan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tilmoqda. O‘quv seminari 23-may kuniga qadar davom etadi.