Tavsiyanomalar o'z egalariga topshirildi

Kuni kecha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Ma’naviyat va ma’rifat” zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va sodir bo‘lganda zudlik bilan bartaraf etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga respublika Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. Bu kabi tadbirlar vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilmoqda.