Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari Ish yuritish va arxiv ishlari bo‘linmasi boshliqlari, murojaatlar hamda ijro intizomiga mas’ul xodimlar bilan Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar dasturiga asosan hujjatlar bilan ishlash, arxiv ishi, elektron hujjat almashinuviga doir huquqiy va me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati hamda talablari, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlashga doir huquqiy va me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati hamda talablari mavzularida malakali mutaxasislar tomonidan seminar ishtirokchilariga tushunchalar berildi.