Cho‘milish mavsumida aholini xavfsizligini ta'minlash yuzasidan ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan daxldor tashkilotlar hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda “Aholini suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish, cho‘milish havzalarida xavfsizlikni hamda kichik hajmli kemalar va ular turadigan baʼzalar (inshootlar) dan xavfsiz foydalanishni ta'minlash” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbir doirasida qutqaruv asbob-anjomlari namoyishi ham tashkil etildi.