O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimdagi yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Olmaliq shahrida “Quvnoqlar va zukkolar-2024” ko‘rik-tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Surxondaryo, Buxoro, Namangan viloyatlari hamda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmalarida xizmat qilib kelayotgan yoshlar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ko‘tarinki ruxda boʻlib oʻtgan tanlovda:
1-o‘rinni Buxoro viloyatining "Minor" jamoasi;
2-o‘rinni Surxondaryo viloyatining "Elegant" jamoasi;
3-o‘rinni Namangan viloyatining ''Universal'' jamoasi egalladi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.