O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Xorazm viloyatida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul 2024-yil 24-may kuni soat 11:00 da Shovot tumanida joylashgan 17-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi ma’muriy binosida boshlanadi.
Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz bo‘yicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.