Xorazm va Buxoro viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tizimdagi harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, farzandlari hamda nafaqagadagi faxriylar ishtirokida "Uch avlod" uchrashuvi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan faxriylar yoshlar bilan kasb mashaqqati, bosib o‘tgan yo‘llari hamda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Jarayonda tizimda xizmat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga Respublika Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar, shuningdek, Buxoro viloyatida harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi.