Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Termiz harbiy prokuraturasi va Surxondaryo viloyati IIB YHXB bilan hamkorlikda "Yoʻl qoidasi-umr foydasi", "Qonun ustuvor - jinoyatga jazo muqarrar" mavzularida oʻquv amaliy seminar oʻtkazildi.
Tadbirda Termiz harbiy prokurori bevosita ishtirok etib hozirgi kunda harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish, jinoyatlarni sodir etilishiga olib kelayotgan shart-sharoitlarni oʻz vaqtida bartaraf etish, yoʻl harakati xavfsizligiga qatʼiy roiya qilish shuningdek, fuqarolarni qonunlarga rioya qilish hamda jinoyatga jazo muqarrarligi boʻyicha doimo targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va Termiz shahar 2-sektor hududidagi yoshlar ishtirok etishdi.