Joriy yilning 15-21-may kunlari Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyayasining Volgograd shahrida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha “Do‘stlik” kubogi va “Oltin ishg‘ol qilish narvoni” xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.T.Zuparov boshchiligida musobaqa ishtirokchilari “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroprotida tantanli kutib olindi.
Mazkur xalqaro turnirda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ozorbayjon, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston Respublikalarining yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha terma jamoalari, shuningdek, Bolgariya, Kamerun, Turkiya, Qatar hamda Chexiya davlatlarining vakillari ishtirok etdi.
Musobqa yakuniga ko‘ra, erkaklar jamoasi estafeta turi bo‘yicha 3-o‘rin, jangovar yoyilish turi bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, umumjamoa xisobida
3-o‘rinni egalladilar, shuningdek, qizlar jamoasi jangovar yoyilish turi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, umumjamoa xisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladilar.
Shaxsiy xisobda, terma jamoa vakillari jami 14 ta kumush hamda 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, erkaklar jamoasi jangovar yoyilish turida 23,50 soniya natijani, shuningdek, qizlar jamoasi vakilasi J.Abduvaitova 100 metrga to‘siqlar osha yugurish turida 15,74 soniya natijani qayd etib, milliy rekordlarni yangilashga erishdilar.