Samarqand va Buxoroda tungi nazorat tadbirlari va maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Samarqand va Buxoro viloyatlari FVB tomonidan odamlar ko‘p yig‘iladigan savdo komplekslari, bozorlar va istirohat bog‘larida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida,  FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda tungi nazorat tadbirlari va maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. O‘quv mashqi davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish, insonlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari amalda bajarilib, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.