Bugun, 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Xorazm viloyatining Shovot tumanida harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kirish istagini bildirgan yoshlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda nafaqadagi faxriylardan jami 20 dan ortiq murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning ma'lum qismi joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, muddat talab qilinadiganlari nazoratga olingan holda vakolatli tashkilotlarga yuborildi.