Bugun, 25-may kuni mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlanib, ta’lim dargohlarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatganligi bilan samimiy tabriklaydi.

Shuningdek, hududlarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarni fayzli va xavfsiz o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kunu tun navbatchilik olib bormoqda. 

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-ona va kattalardan bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan kunda alohida diqqatli bo‘lib, yoshlar tomonidan turli xil ko‘ngilsiz holatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishni so‘raydi.